TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Pekindagi Tananmen maydonida Xitoy xalqining Yaponiya ustidan qozongan g‘alabasi va Ikkinchi jahon urushi yakuniga bag‘ishlangan tantanali harbiy namoyish bo‘lib o‘tdi.
Namoyishni salkam 50 mamlakat rahbarlari, BMT bosh kotibi Pn Gi Mun kuzatishdi. Respublika prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasiga ushbu tantalarda bo‘ldi.
Marosim ochilishida so‘zga chiqqan XXR raisi Si Szinpin urushda Pekinga yordam ko‘rsatgan mamlakatlarga minnatdorchilik bildirib “Xitoy xalqi boshqa millatlarning g‘alabaga qo‘shgan hissasini hech qachon unutmaydi” dedi. Namoyish, unutilmas sana ramzini bildiruvchi, 70 artilleriya qurolining baravariga o‘q otishi bilan boshlandi.
“Xitoy hech qachon boshqa mamlakatlar ustidan ustunlik qilishga yoki ularning yerlarni bosib olishga intilmaydi. Bizning xalq boshqa xalqlar bilan doimo tinchlikda yashaydi”, — dedi Si Szinpin.
Namoyish yakunida osmonga “tinchlik kabutarlari” va rangbag‘rang sharlar uchirildi.
Namoyishda 12 mingdan ziyod harbiylar, ular orasida mingga yaqin Rossiya, Belorussiya, Qirig‘iziston, Meksika, Kuba, Misr, Qozig‘iston, Pokiston, Tojikiston, Kambodja, Laos, Fidji, Venesuela, Vanatu va Serbiya xarbiylari bor edi.
Namoyishning piyodalar guruhini Rossiyaning 154 alohida Preobrajensk polkining harbiylari yakunlashdi. Rossiya ushbu namoyishga 40 harbiy texnika, 20 xil samolet va vertoletlar ko‘rsatdi.
Ikkinchi jahon urushi yakuniga bag‘ishlangan bu namoyish Xitoy trixida 13 namoyish bo‘ldi. 1960 yilda Xitoy hukumati harbiy parad har 10-yilda bir marta o‘tkaziladi deb qarar qilgandi. Oxirgi shunda namoyish 2009-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Bu yilgi namoyishning boshqalardan farqi shuki – unga chet eldan ko‘plab nufuzli mehmonlar taklif qilingan.