TOShKENT, 3 sen – Sputnik. “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” Milliy kompaniyasi oktabr oyigacha o‘z vakolatxonasini yopadi deb xabar berdi RIA Novosti 12news.uz internet nashri xabariga asoslanib.
2014 yil iyunida tomonlar davlatlararo bitimga qo‘l qo‘yishdi. Unga ko‘ra tomonlar baravar imkoniyatga, ya’ni haftasiga ikki martadan qatnov tashkil qilishga kelishib olishdi.
"O‘zbekiston Havo yullari" shu yilning 30-sentabrigacha o‘zining Kiyevdagi vakolatxonasini yopadi, deb xabar berdi nashr o‘zining aviakompaniyadagi manbaiga asoslanib.
Ukraina aviakompaniyasi Toshkentga qatnovlarni yo‘lga qo‘yish uchun taklif tayorlamoqda.
"O‘zbekiston Havo yullari" bosh direktori Valeriy Tan avgustda OAVga «Ukraina xalqaro aviakompaniyasining (MAU) narxlar dempingi oqibatida "O‘zbekiston Havo yullari" Kiyevga uchishni to‘xtatdi. Xususan, MAU Toshkentda Moskva, sankt-Peyerburg, Kaliningrad kabi raqobatli yo‘nalishlarda sun’iy arzonlashtirilgan chiptalar sotgan.
O‘z navbatida Ukrainaning aviatsiya tashkilloti vakillari, haftasiga ikki marotaba uchishni tashkil qilish niyatlari borligini, bir marta uchish moliyaviy tomondan to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab o‘tdi.
"O‘zbekiston Havo yullari" O‘zbekistonda yagona aviakompaniya bo‘lib, u davlatga tegshlidir. Aviakompaniya chet elning 21 shahriga, MDHning 22 shahriga va 11 mahalliy yo‘nalishlar bo‘ylab qatnovlar tashkil qilgan.