TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston hukumati o‘zlashtirish dasturiga 21 tovarni kiritdi. Mazkur qaror lex.uz portalida chop etilgan.
Ushbu choralar respublikaga ichki bozorini to‘ldirish va import o‘rnini bosish uchun amalga oshirilayotgan o‘zlashtirish dasturini chuqurlashtirish maqsadida amalga oshirilayapti.
Xususan olganda, 2019-yilgacha mo‘ljallangan ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyhasiga kir yuvish mashinalari, avtomobillarga yonilg‘i, yog‘ va havo filtrlari, po‘lat quvurlar, kir yuvish kukni, transformatorlar va bolalar uyinchoqlari kiritilgan.
Qarorga muvofiq “Toshkent quvur zavodi” kelasi yilda, temir beton qurilmalarini mustahkamlash uchun 50 ming tonna navli termomexanik mustahkamlangan metall prokati (armatura) ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni o‘zlashtirish 36,2 % ni tashkil qildi.