TOShKENT, 2 sen – Sputnik. "O‘zbektelekom" AJ va hamkor kompaniyalar tarmoqlarida profilaktik ishlar olib borilayotganligini xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Bir oy oldin Skype, Viber va boshqa messenjerlar cheklangan tartibda ishlayotgani haqida xabarlar yetib kelgandi.
O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayapti. Rossiyaning MTS uyali aloqa operatori Toshkentda HSPA+ texnologiyasida ishlaydigan yangi tarmoqni ishga tushirdi. Ushbu texnologiya ma’lumot uzatish tezligini 42 Mbit/s gacha oshirish imkonini beradi.
Avgust oyining boshida milliy operator internet provayderlari uchun narxlar kamaytirilganini e’lon qilgandi. 3-avgustdan boshlab internet narxi 1 Mbit/s ga 203 dollarni tashkil qildi.
“O‘zbektelekom” – o‘zbekistonning eng katta telekommunikatsiya operatori. Uning tarmog‘lari butun respublika hududini qamrab olgan. Kompaniya provayderlarga ko‘chmas va uyali aloqa kanallari va ovozli aloqaning barcha turlari bilan ta’minlaydi. Kompaniya xizmatlari UzTelecom, UzMobile, UzOnline va Telecom TV savdo belgilari ostida tanilgan.