TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Kelgusi haftada Toshkentda Xitoy kinosi kunlari o‘tkaziladi. Ushbu tadbir “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tashkil qilingan, deb xabar beradi kompaniya sayti.
Alisher Navoiy nomli kino saroyida tomoshabinlar xitoyning olti filmini tomosha qilishlari mumkin. Ular orasida “Haqiqiy sevgi” filmi o‘zbek tilida subtitrlar bilan ko‘rsatiladi. “Ili darosi”, “Maymunlar qiroli”, “Parom” filmlari rus tilida subtitrlar bilan chiqadi.
Xitoy kinosi festivali Vong Kar-Vayning “Buyuuk ustoz” filmi bilan yakunlanadi. Ushbu film sharqona jang kurashi ustasi Ip Manning hayotiga bag‘ishlangan.
Film o‘z o‘rniga voris izlayotgan jang san’ati maktabi asoschisiga bag‘ishlanadi. Lekin uning o‘quvchilaridan eng iste’dodlisi o‘z ustoziga sotqinlik qilib, bir necha maktablarni birlashtirmoqchi bo‘ladi.
Xitoy kinosi kunlari O‘zbekistonda 7-sentabr kuni boshlanib to‘rt kun davom etadi. Festival doirasida O‘zbekistonga Xitoyning Nashriyot va Kinematografiya davlat boshqarmasi vakillari va “Haqiqiy sevgi” filmi rejisseri Sherzod Yoqub va filmda bosh rolni o‘ynagan aktrisa Qunduz Zaytaya keladi.