"O‘zbekiston Havo yo‘llari" kompaniyasining aviakassalari har kun ishlaydi

© Commons.wikimedia"O‘zbekiston Havo yo‘llari" kompaniyasi samoleti
O‘zbekiston Havo yo‘llari kompaniyasi samoleti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Havo yo‘llari" kompaniyasining aviakassalari haftaning har kuni soat 08:00 dan 19:00 gacha ishlaydigan bo‘ldi.

 

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. "O‘zbekiston Havo yo‘llari" milliy avia kompaniyasi avikassalari, yo‘lovchilar qulayligini ta’minla uchun, 1 sentabrdan boshlab kassalar ish tartibini o‘zgartirdi, deb xabar berdi kompaniyaning matbuot xizmati.

Yangi jadvalga ko‘ra, aviachiptalarni haftaning har kuni 08:00 dan 19:00 gacha sotiladi. Undan tashqari kassalarda aviabiletlarni plastik karta orqali sotib olsa ham bo‘ladi.

Aviiakassa zalida ma’lumot olish uchun sensorli ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, yo‘lovchilar ular yordamida qatnovlar jadvali, bo‘sh joylar soni va chiptalar narxi haqidagi ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0