Islom Karimov Xitoyga uchib ketdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 70-yilligi munosobati bilan o‘tkaziladigan namoyishda qatnashadi.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi prezidenti 2-sentabrda Xitoyga uchib ketdi deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.  

O‘zbekiston prezidenti tashrif davimida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 70-yilligi munosobati bilan o‘tkaziladigan namoyishda qatnashadi va XXR rahbari bilan uchrashadi.

O‘zbekiston respublikasining Chin mamlakatiga bo‘lgan oxirgi tashrifi  2014 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda qiymati 5,2 milliard dollardan oshiq bo‘lgan yigirmadan ortiq loyhalarga va 800 million dollardan oshiq bo‘lgan savdo shartnomalariga qo‘l qo‘yilgandi. Undan tashqari shu yilning iyul oyida Si Szinpin va Islom Karimov ShHT doirasida Ufada uchrashishgandi.

Pekindagi Tananmen maydonida 3-sentabr kuni xitoy xalqining Yaponiyaga qarshi ko‘rsatgan qarshiligi va Ikkinchi jahon Urushi yakunlanganining 70-yilligiga bag‘ishlangan harbiy namoyish bo‘lib o‘tadi. Tantanaga 49 mamlakat vakillar va davlat rahbarlari, BMTraisi  taklif qilingan. Bayram namoyishda 12mingga yaqin harbiy xizmatch va 500 habiy texnika qatnashadi.      

O‘zbekiston va Xitoy turli sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlikning huquqiy asosini 200dan ortiq ikki taraflama shartnomalar tashkil qiladi. Ushbu shartnomalar turli sohalarni qamrab olgan: iqtisod, ta’lim va madaniyat shular jumlasidandir. Ikki mamlakat ShHT doirasida ham smarali hamkorlik qilib kelishmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0