TOShKENT, 2 sen – Sputnik. AQShning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari Mustaqillik kunida o‘zbek milliy taomi — qozon-kabob tayorlashdi, deb yozilgan vakolatxonaning Facebookdagi sahifasida.
Qozon – kabob — o‘zbek milliy taomi. Oldindan sirkalangan qo‘y go‘shti, o‘simlik yoki dumba yog‘ida kartoshka bilan yaxshilab qovuriladi. Ko‘pincha bu ovqatni erkaklar tayorlaydi.
Hozirgi qozon-kabob 19-asrda paydo bo‘lgan. Uni pishirishda qozon katta ahamiyatga ega, chunki qozonning yumaloq shakli issiqlikning bir xil tarqalishini ta’minlaydi.
O‘zbekistonlik oshpazlar bu ovqatning hamma sirlarini kamdan-kam ochadilar, lekin ko‘pchillikning fikricha ovqat bamaza bo‘lish asosan go‘shtning sifatiga bog‘liq.