Rossiya elchisi: qardoshlik munosobatlarini mustahkamlash ikki mamlakat uchun ham zarur

© Sputnik / Mixail KlimentyevRossiya va O‘zbekiston bayrog‘lari
Rossiya va O‘zbekiston bayrog‘lari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya elchisi O‘zbekiston prezidentini va xalqini milliy bayram bilan tabrikladi.

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Rossiya elchisi Vladimir Turdenev O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, deb xabar berilgan elchixona press-relizida.

Diplomatik vakolatxonasi rahbari Rossiya hukumati O‘zbekiston bilan tashkil qilingan o‘zaro ishonarli munosobatlarni yuqori qadrlashini aytib o‘tdi.

Turdnev ikki mamlakat orasidagi qardoshlik munosobatlari kelajakda yanada rivojlanishini va bu ikkala malakat ravnaqi uchun ham zarurligini ta’kidladi.

“Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining bebaho boyligi bu strategik hamkorlik va ittifoqchilik tamoyillariga asoslangan an’anaviy do‘stona aloqalaridir”, — deb yozdi Turdenev.

Elchi, o‘tgan yili ikki mamlakat orasida ittifoqchilik shartnomasi tuzilganligiga  o‘n yil to‘lganini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga qaraganda O‘zbekiston va Rossiya samarali siyosiy muzokaralar olib bormoqda va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni kengaytirmoqda.

2005 yilda Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari ittifoqchilik shartnomasiga qo‘l qo‘yishdi. Ushbu shartnomada chetdan tajovuz qilinganda o‘zaro hatti-harakatlarni muvofiqlashtirish  kelishib olingan.

 

Yangiliklar lentasi
0