O‘zbekiston Mustaqillik kunini nishonladi

© A.IlyasovMustaqillik kuni bayram tantanalari
Mustaqillik kuni bayram tantanalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil Mustaqillik kunini nishonlash “Betakrorimsan, yagonasan ona Vatanim – O‘zbekistonim” shiori ostida o‘tmoqda.

 

TOShKENT, 1 sen —Sputnik. Mustaqillikning 24-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari va xalq sayllari butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi.

Islom Karimov O‘zbekiston fuqarolarini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

O‘zbekiston 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng mustaqillikka erishdi. Hozirgi kunda O‘zbekiston – mustaqil davlat. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida “O‘zbekston Respublikasi Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” qonuni qabul qilingandi.

31 avgust, dushanba kuni Alisher Navoiy Nomli milliy bog‘da, Mustaqillikning 24-yilligiga bag‘ishlangan  bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Rangba-rang chiroqlar jilvasi, kuy va qo‘shiqlar haqiqiy bayramona kayfiyat yaratdi, deb xabar berdi TIV veb sayti.    

Respublika prezidenti fuqarolarni Milliy bayram bilan tabriklab, O‘zbekiston qisqa vaqt ichida bir asrga teng masofani bosib o‘tib, hozirgi kunda zamonaviy, ildam rivojlanayotgan davlatga aylangani aytdi.     

Tantanalar va xalq sayllari G‘ofur G‘ulom, Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Furqat, “Lokomotiv” va “Kuyoshcha nuri” bog‘larida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Mustaqillik kunini konsertlar, teatr tomoshalari va sportchilarning namunali chiqishlari bilan nishonlaydi. “O‘zbekakter” ijodiy uyuushmasi a’zolari, “O‘zbeknavo” xalq va xizmat ko‘rsatgan artistlari, “Nihol” tanlovi g‘oliblari, “Yagonasan muqaddas Vatan” tanlovi g‘oliblari, yozuvchi va shoirlar, chempion va sport ustalari o‘zbekistonliklarni mustaqillik bilan tariklaydilar.

Toshkentda seshanba kuni bayram tantanalari o‘tkaziladigan joylar atrofida avtomobillar harakati cheklanadi: Markaziy ofitserlar uyi, Toshkent zooparki, Davlat Sirki, “Baxt Diyor” guzari va boshqa saylgohlar yonida.

 

Yangiliklar lentasi
0