TOShKENT, 1 sen —Sputnik. Mustaqillik yillari davomida O‘zbekiston iqtisodiy salmog‘i 5,5 barobar, aholining jon boshiga real daromadi — 9 marotaba, yalpi ichki mahsulot o‘sishi yiliga 8% dan ko‘pni tashkil qildi, deb xabar berdi TIV.
Ushbu dalillarni Islom Karimov Alisher Navoiy nomli milliy bog‘dagi O‘zbekiston mustaqillikning 24-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari chog‘idagi ma’ruzasida aytib o‘tdi.
“Aholining o‘rtacha yoshi 67yoshdan 73yoshga, ayollar orasida esa 75 yoshga oshdi. Bunday ko‘rsatkichlar albatta hech kimni befarq qoldirmayi”, — dedi prezident.
Islom Karimovning so‘zlariga qaraganda, bunday natijalar oxirgi 24-yil davomida bosqichma-bosqich o‘tkazilagn islohotlar natijasidir. Hozirgi kunda O‘zbekiston “Dunyo baxt indeksi” bo‘yicha 158 mamlakati orasida 44 o‘rinni egalladi, MDH mamlakatlari orasida esa birinchi o‘rinda.
Undan tashqari, O‘zbekistonda avtomobillar, avtomobil qismlari va dvigatellar, neft va gazni qayta ishlash va elektr anjomlari ishlab chiqarish yulga qo‘yilgan.