Samarqandda «Sharq xalqlari musiqa madaniyatining mushtarakligi” mavzusidagi anjuman ochildi

© Madina NURMAN"Sharq xalqlari musiqa madaniyatining mushtarakligi" anjumani
Sharq xalqlari musiqa madaniyatining mushtarakligi anjumani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turli mamlakatlardan kelgan olim va madaniyatshunoslar, mamlakatning asosiy musiqa festivali doirasida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanda qatnashadi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Samarqandda o‘tkazilayotgan X “Sharq Taronalari” festivali doirasida, «Sharq xalqlari musiqa madaniyatining mushtarakligi» nomli ilmiy amaliy konferensiya ish boshladi, deb xabar berdi festival matbuot xizmati.

Anjumanning asosiy maqsadi — Sharq xalqlari musiqa madaniyatini saqlash va rivojlantirishdir. Anjumanda dunyoning 30 mamlakatidan (Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, AQSh va boshqalar) kelgan madaniyatshunos olimlar qatnashadi. Ushbu yil konferensiyasida yosh qatnashuvchilar soni ancha ko‘p.
Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromovning so‘zlariga qaraganda, xalqaro festival va konferensiyaning insoniyat tamaddunining beshiklaridan biri hisoblanadigan Samarqand shahrida o‘tkazilishi ham bejiz emas.

“Klassik musiqiy an’analarni kelajak avlod uchun saqlash mazkur ilmiy anjumanning asosiy maqsadi” — dedi qatnashchilaridan biri — Yaponiyalik professor Kobayashi Xiroyasu.

Professor Xiroyasuning fikriga binoan, ushbu xil anjumanlar fan va musiqa orasidagi aloqalarni mustahkamlab, inson rivojlanishining uyg‘unligi uchun xizmat qiladi.

Anjumanda, Sharqiy xalqlarning musiqaviy an’analari tarixi haqidagi ma’ruzalar o‘qilmoqda va instrumental va ijrochilik san’atlari bo‘yicha master-klass va diskussiyalar o‘tkazilish rejalashtirilgan.

Samarqandning asosiy maydonida, uch kundan buyon, dunyoning turli millatlari musiqalari yangramoqda. Respublika prezidenti tashabbusi bilan tashkil qilingan “Sharq Taronalari”  musiqa festivalining obro‘si yil sayin oshib bormoqda. Ushbu yilgi o‘ninchi festivalga dunyoning 70 mamlakatidan qatnashchilar kelgan.

Yangiliklar lentasi
0