Rossiya Federeal Migratsiya Xizmati (FMX) rossiya fuqaroligini olish jarayonini osonlashtiradi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishSotrudnik FMS proverayet dokumenti
Sotrudnik FMS proverayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonun loyhasi “alohida vaziyatlarda” fuqarolik olish jarayonini osonlashtirishni ko‘zda tutgan.

 

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. FMX fuqarolik olish tartibiga o‘zgarish kiritadi, deb xabar berdi RIA Novosti.  

 “Rossiya Federatsiyasi Fuqaroligi haqida”gi qonunga o‘zgarish kiritish loyhasi ukrainalik muhojirlar vaziyati bilan bog‘lik. Xususan ularni rossiya ijtimoiy hayotiga krish jarayonini yengillashtirish maqsadida qilingan.

Hozirgi qonunga binoan, rossiya fuqaroligini olishni istaganlar avval yashash uchun guvohnoma bilan besh yil davomida Rossiya hududida yashashi, qonuniy oylik olishi va rus tilini bilishi kerak. FMX yuqorida ko‘rsatilgan talablarni zaruriy shartlar ruyxatidan chiqarishni rejalashtirgan.

“Alohida vaziyatlarda, Rossiya fuqaroligini osonlashtirilgan tartibda, qisqa muddat ichida, berish zarurati tug‘iladi”, — deyilgan FMXning tushuntirish xatida. 

Qonun ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra, avvalombor, ushbu qonun loyhasi 2014-yilda Ukrainadan juda ko‘p sonli muhojirlar kelishga o‘xshash holatlar uchun mo‘ljallangan. Qonunga o‘zgartirish kiritish shunga o‘xshash alohida holatlarda vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Hozirgi kunda, dunyoda geosiyosiy holat keskinlashib bormoqda,  ayniqsa Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlarda, deyilgan FMXning tushintirish xatida.

 

Yangiliklar lentasi
0