TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev ShHT mamlakatlari prokurorlarining 13 yig‘ilishida qatnashati. Ushbu yig‘ilish 27-28 avgustda Ostonada bo‘lib o‘tadi, — deb xabar berdi TIV.
Ushbu ko‘rinishdagi oxirgi uchrashuv o‘tgan yilning 8-oktabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.
Bu yilgi uchrashuv kun dasturida: Shanxay hamkorligi davlatlari muxtor tashkilotlari tomonidan internet tarmog‘ini qonunga xilof ravishda ishlatish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, narkotik va psixotrop moddalarni noqonuniy yo‘l bilan chegaradan olib o‘tish kabi muammolarini hal qilish borasida o‘zaro hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.
ShHT mamlakatlari adliya vazirliklari Dushanbe shahrida kelishuvni imzoladilar.
Oldinroq Dushanbeda ShHT adliya vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu uchrashuvda hududiy xavfsizlik va qonunchilik borasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgandi. Xususan, tadbirkor va homiylar uchun qonunlarning yakka elektron to‘plamini tuzish masalasi ko‘rib chiqilgan edi.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti 2001yilda Xitoy, Qozig‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston mamlakatlari rahbarlari tomonidan tashkil qilingan edi. 2015-yilning yozida Hindiston va Pokiston kuzatvuchi mamlakatlar sifatida unga qo‘shilgandi.
2015-2016 yillarda O‘zbekiston ShHTda raislik qiladi. Raislik huquqini topshirish marosimi shu yilning 10-iyulida ShHTning Ufadagi sammitida bo‘lib o‘tdi. Tashkilot a’zolarining 15-tantanali forumi 2016-yilning sentabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.