Islom Karimov Toshkentning yangi ko‘chasiga tashrif buyuurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaIslom Karimov Toshkentning yangi kuchasiga tashrif buyuurdi
Islom Karimov Toshkentning yangi kuchasiga tashrif buyuurdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika prezidenti Toshkentning eski shaxarida yangi uylarni tomosha qildi.

 

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Toshkentda yangi qurilayotgan uylar va yuqori sifatli ko‘p-qavatli binolar qurilishi bilan tanishib chiqdi, — deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident bir yil oldin ochilgan Nurafshon ko‘chasida bo‘ldi. Prezident fikricha, uylarni qurish paytida birinchi navbatda odamlar xoxishini va o‘zbek xalqining milliy e’tiqodini hisobga olish kerak.  

“Bizning mamlakat hamma sohalarda katta yutuqlarga erishayapti, odamlarimiz shunaqangi zamonaviy va obod uylarda yashayapti. Bizning maqsad – odamlar orzusini ro‘yobga chiqarishdir,” — dedi Islom Karimov.  

Nurafshon ko‘chasida, allaqachon, har biri 160 xonadondan tashkil topgan 5ta ko‘p qavatli uy qurilgan. Yana 10ta yuqori sifatli 5 qavatli uylar qurilishi davom etayapti. Bu uylar yil oxirigacha qurib bitirilishi kerak. Prezident maslahatiga ko‘ra, har bir uyning birinchi qavatida bir oilaga moslashgan uch-to‘rt xonali  xonadonlar joylashgan.

“Ota-onalar bolam yonimda bo‘lsa deydi. Shu nuqtayi nazardan, xonadonlarni bunday doyhalashtirish hammaning ko‘ngliga yoqdi. Bu ularga xuddi bir hovlida yashagandek yashash imkonini beradi.” – dedi prezident.

Eski shaharni qayta qurish loyhasi prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. Ushbu loyhaga muvofiq 2014-yilda Shayxontovur va Olmazor tumanlarida yangi yo‘llar qurilgan. Bahorda Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasida yangi zamonovay ko‘prik ochildi.

Mustaqillik kuni arafasida mamlakatning har bir burchagida yangi korxonalar, tibbiyot, ta’lim va madaniyat markazlari ochilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0