TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Respublika prezidenti Islom Karimov Pekinda 3-sentabrda bo‘lib o‘tadigan tantanali harbiy paradda qatnashadi, — deb xabar berdi CA-NEWS.
Xitoy poytaxtida o‘tkaziladigan xotira tantanalari ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70-yilligi va xitoyning yapon bosqinchilariga qarshi Xalq-ozodlik urushida qozongan g‘alabasiga bag‘ishlangan.
Ushbu bayramda 30 mamlakat rahbarlari qatnadilar. Ular orasida Rossiya, Belorussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Koreya davlatlari prezidentlari bor.
Shu qatorda paradda o‘nlab xalqaro takilotlar rahbarlari qatnashadilar: BMTning bosh sekretari Pan Gi Mun, ShHT bosh kotibi Dmitriy Mezensev. 49 mamlakat vakillari ushbu paradni tomosha qilish uchun keladilar.
Pekinning Tananmen maydonidan dunyoning 10 mamlakatidan kelgan 12 ming harbiy o‘tadi. Bu ulkan tantanada 400 dan ziyod harbiy texnika qatnashadi. Ularning ko‘pini mehmonlar birinchi marta ko‘rishadi.
Odatda, Xitoyda harbiy parad respublika Tashkil topgan kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Oxirgi marta u 2009 yilda bo‘lib o‘tgan. Bu yil 3-sentabrda o‘tkaziladigan harbiy parad esa, XXR tarixida birinchi marta, Ikkinchi Jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga bag‘ishlangan paraddir.