TOShKENT, 25 avg —Sputnik. Respublika Markaziy banki xabariga ko‘ra, so‘mning rasmiy kursi o‘tgan haftaga karaganda o‘zgarmadi desa ham bo‘ladi.
O‘tgan haftada, valyuta koridori tizimi bekor qilingandan keyin, qozoq tangasining kursi 35,5% ga kamayib bir dollarga 255 tangani tashkil qildi. Bank analitiki aytishiga qaranganda, Xitoy yuani va qozoq tangasidan keyin qirg‘iz somi va arman dirxami ham “erkin suzish”ga jo‘natilishi mumkin. Shu bilan bir paytda o‘zbek so‘mi, bank ekspertining gapiga qaraganda, MDH mamlakatlari orasida eng barqaror valyuta bo‘lib qolmoqda.
Ekspert: rivojlanayotgan davlatlar valyutalari qadrsizlanishda davom etadi.
O‘zbekistonda bir necha valyuta almashuv kurslari bor. Rasmiy kurs har haftaning boshida qayta ko‘rib chiqiladi. Tovar import qiluvchi tashkilotlar ishlatadigan birja kursi esa hozirgi paytda 5500 so‘mni tashkil qiladi. Xalq va kichik biznes “qora bozor” kursidan foydalanadi.
O‘tgan dam olish kunida amerika valyutasining kursi “qora bozorda” 3%ga oshib 4650 so‘mni tashkil qildi. Ushbu kurs 2015-yilning boshidan boshlab 1.4 baravarga o‘sdi, rasmiy kurs esa — 3%ga.
“Qozog‘istonga tovar sotib olishga ketgan odamlar qaytib kelib, tanga kursi tushib ketishi bilan ko‘rgan zararlarini qayta tiklash evaziga, kurs o‘z o‘rniga tushishi mumkin”, — deb xabar berdi RIA novostiga O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi xodimi.
Iqtisodiy ekspertlar gapiga qaraganda, qozog‘iston valyutasining qadrsizlanishi O‘zbekiston valyuta bozoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu birinchi navbatda chegara oldi savdosining kamayishi va o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonining kamayishi evaziga sodir bo‘ladi. Hozirgi paytda O‘zbekistonga mehnat muhojirlari tomonidan o‘tkaziladigan pullar miqdori YaIMning 12% ni va yillik eksport foydaning 45%ni tashkil qiladi.