To‘rt kishi “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi

© Pixabay / KuriousO‘zbekiston respublikasi bayrog‘i
O‘zbekiston respublikasi bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ushbu oliy mukofot mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga kup hissa qo‘shgan odamlarga beriladi.

TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Qahramoni” davlat mukofotini topshirish haqidagi qarorga imzo chekdi, — deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni ToshDShI professori Suyim G‘aniyevga, “Navoiy tog‘ metallurgiya kombinati” direktori Quvondiq Suvonqulovga, Andijon viloyati “Nuroniy fondi” raisi Tavakkal Topvoldiyevga, “Xosil” fermer xo‘jaligi rahbari Avaz Xosilovga berildi.

“O‘zbekiston Qahramoni”  unvoni O‘zbekistonda eng yuqori darajali faxriy yorliq. U davlat va xalq oldidagi alohida xizmatlari uchun beriladi. Ushbu sharafli nomga sazovor bo‘lganlarga 750 probali oltindan yasalgan sakkiz qirrali yulduz shaklidagi “Oltin yulduz” medali  va unvonga sazovor bo‘lganlik haqida hujjat beriladi. Prezident bu unvonni 1994-yilda ta’sis qilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0