Samarqandda o‘ninchi ”Sharq taronalari” festivali ochildi

© sharqtaronalari"Sharq taronalari" festivali
Sharq taronalari festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konkurs O‘zbekistonning milliy musiqa ananalarini rivojlvntirish maqsadida o‘tkazilayapti.

TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistonda navbatdagi xalqaro musiqa festvali “Sharq taronalari” boshlandi. Bu festval, ananaga muvofiq, Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

O‘ninchi bor o‘tkazilayotgan xalqaro musiqa festvali Samarqanddagi Registon maydonida 25-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Festval  xalq musiqa san’atini ommaviylashtirish maqsadida har ikki yilda bir marta YuNESKO ko‘magida o‘tkaziladi. Tadbir Respublika prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1997-yilda tashkil qilingan.

Xalqaro musiqa bayramiga qatnashuvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Birinchi bor o‘tkazilgan konkursda 31 davlatdan, oxirgi o‘tkazilgan konkursda 53 davlatdan ishtirokchilar qatnashgan edi. Bu yilgi festival mehmonlari esa dunyoning 65 davlati musiqalarini tinglashadi. Bu yil Butan, Kosta Rika, Mali, Peru, Portugalya va Uganda ishtirokchilari birinchi bor qatnashadi. O‘tgan festivallar davomida 90 davlat vakillari o‘z qobiliyatlarini namoyish qildilar.

Festivalga tayyorgarlik Samarqand hokimiyati tomonidan olib borildi. Yubiley munosabati bilan barcha shahar istirohat bog‘lari,  ko‘chalar  va maydonlarida tamirlash ishlari olib borildi. Milliy qo‘shiqlar konkursini mahalliy va to‘qqiz chet mamlakat OAVlari faol yoritadi.

Yangiliklar lentasi
0