O‘zbekistonda 31-avgust dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Obuna bo‘lish
Ish kuni - 29-avgust, shanbaga ko‘chirildi.

TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Mustaqillik kuni bayramini o‘tkazish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 31-avgustni dam olish kuni deb e’on qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Ish kuni 29-avgust shanba kuniga o‘tkaziladi. Bunday  qaror dam olishni qulay bo‘lishi va ish soatlaridan oqilona foydalanish uchun qabul qilindi.

O‘zbekistonda Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik oxiriga yetayapti. Bayram tadbirlari mamlakatning xamma istirohat bog‘larida o‘tkaziladi. Xalq sayllari O‘zbekiston shaharlarining barcha markaziy maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Mustaqillik bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shaharlarda pasport tekshiruvlari o‘tkazildi.

O‘tgan dam olish kuni umumxalq xayriya hashari tashkil qilindi. Shahar aholisi o‘z turar-joylari atrofini tozalab, tartibga solish  uchun ko‘chalarga chiqdilar.

Iyul oyining o‘rtasida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Mustaqillikning 24-yilligiga tayyolgarlik ko‘rish uchun alohida komissiya tuzdi.

Yangiliklar lentasi
0