Amerika va Yevropa OAV siyosat va yirik biznes ta’siri ostidami - so‘rov

Obuna bo‘lish
Italiya va Fransiya aholisining ko‘pchiligi OAV xolisligiga ishonmaydi.

TOShKENT, 25 avg — Sputnik.  "Sputnik.Mneniya" loyhasi AQSh va Yevropa mamlakatlarida o‘tkazilgan yangi so‘rovi bo‘yicha, aholining ko‘pchilligi (56 %) ommaviy axborot vositalari siyosatchilar va yirik biznes ta’siri ostida, bu esa axborotning xolisligiga ta’sir ko‘rsatadi, — degan fikrda. Ushbu so‘rov Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi buyuurtmasiga binoan ICM Research kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi.

“Sizning fikringizcha, mamlakatdagi dongdor OAV xalqaro va mamlakat ichidagi yangiliklarni xolis yoritadimi yoki ular siyosat va yirik biznes ta’siri ostidami” degan  savolga Italiyaliklarning yaqqol ko‘pchilligi (75%), Ispaniya (69%) va Fransiya(60%) aholisining yarmidan ko‘pi OAVlarining xolisligiga ishonmasliklarini bildiridi.

Shu qatorda amerikaliklarning 53%, nemislarning 49% OAVga siyosat va yirik biznes ta’sir ko‘rsatayotganiga ishonch bildirdi. OAV xolisligiga ishonmayotganlar soni Buyuuk britaniyada eng kam — 43%, lekin bu mamlakatda ushbu savolga javob bera olmaganlar soni eng ko‘p – 24%.

So‘rov ICM Research kompaniyasi tomonidan  Sputnik axborot agentligi uchun 2015-yilning 1-4 maylarida o‘tkazilgan edi. So‘ralganlar umumiy soni 8243 kishini tashkil qildi. Buyuk Britaniyada — 2005, Fransiyada – 1041, Germaniyada — 1050, Ispaniyada – 1051, Italiyada – 1049 va AQShda  — 2047 kishi.

So‘ralgan aholining yoshi, jinsi va turar joyi qayd qilingan. So‘rovning mamlakat doirasida xatolik ehtimoli — 3,1%, ishonchlilik ehtimoli — 95 % ni tashkil qildi.

"Sputnik.Mneniya"  loyhasi hakida.

Jamiyat fikrini o‘rganish loyhasi 2015-yilning yanvarida Britaniyaning ICM Research kompaniyasi hamkorligida o‘z ishini boshladi. "Sputnik.Mneniya" loyhasi Yevropa va AQShda eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha jamiyat fikrini o‘rganish doimiy ravishda olib boriladi.

Sputnik (sputniknews.com) – o‘nlab mamlakatlarda o‘z radio va multimedia axborot xab*lariga ega bo‘lgan axborot agentligi.  Sputnik saytlar, analogli va raqamli radioeshittrishlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan tashkil topgan.

*xab – vakolatxona, bo‘lim.

Yangiliklar lentasi
0