Afrosiyob Toshkent– Qarshi yo‘nalishida birinchi qatnovini amalga oshirdi

Obuna bo‘lish
Tezurar poyezd Toshkentdan Qarshigacha uch soatda yetib boradi.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. "O‘zbekiston temir yullari" aksiyadorlik kompaniyasi “Maroqand-Qarshi” yo‘nalishini elektrlashtirishni yakunladi, deb xabar berdi “O‘zbekiston temir yullari” matbuot xizmati.

Toshkent – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha tezurar elektr poyezdining ishga tushishi 511 km masofani 2 baravar tezroq, ya’ni 3 soat ichida bosib o‘tish imkonini beradi.  Temir yo‘llarni elektrlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar davomida Qarshi lokomotiv deposi ham biryo‘la qayta jihozlandi.

Uzunligi 140,8 km bo‘lgan “Maroqand-Qarshi” yo‘nalishini elektrlashtirish 2012-yilning yanvarida boshlangan edi. Loyhani amalga oshirish uchun milliy temiryo‘l kompaniyasi tomonidan 234,7 million dollar, Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan 100 million dollar va O‘zbekiston hukumati tomonidan soliq va bojxona to‘lovlari evaziga 23,8 million dollar xarajat qilindi.

Oxirgi yetti yil davomida "O‘zbekiston temir yullari" AO 700 kilometrdan ortiq yo‘llarni elektrlashtirdi. O‘zbekiston barcha temiryo‘llari uzunligi 4,2 ming kilometrni tashkil qiladi. Shundan yana 2 ming kilometrini elektrlashtirish kerak bo‘ladi.

"O‘zbekiston temir yullari" AJ 1994-yilda O‘rta Osiyo temir yo‘llari asosida tashkil qilingan.  "O‘zbekiston temir yullari" yuk tashish hajmi respublikaning barcha transport turlarida tashilgan yuklarning 90% ni tashkil qiladi.  2015-yilning birinchi yarmida yo‘lovchilar soni 11 million odamni tashshkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0