Toshkent yog‘-moy kombinati aralash yog‘ ishlab chiqarish sexini ishga tushiradi

© Sputnik / Boris Babanov / Mediabankka o‘tishYog‘ ishlab chiqarish korxonasi
Yog‘ ishlab chiqarish korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt zavodi 500 ming dollarlik asbob-uskuna yordamida xolesterin miqdori kam bo‘lgan yog‘ ishlab chiqaradi.

Toshkent, 21 avg – Sputnik. Toshkent yog‘-moy kombinati sentabr oyiga qadar payta yog‘ini qayta ishlaydigan maxsus sex qurib bitirishni rejalashtirgan — nuz.uz xabariga ko‘ra.

Korxona yangi sexi yordamida kattiq yog‘lardan 8 tonnaga yaqin aralash yengil yog‘lar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu mahsulotlarning sariyog‘dan asosiy farqi — bu ularning qaymoqdan emas o‘simlik moyi asosida tayorlanishi.  Bunday yog‘larda xolesterin kam bo‘ladi va tayorlash payti ular vitaminlarga to‘yintiriladilar. Yangi sex asbob-uskunasi uchun korxonaga 500 ming dollar xarajat qiladi.

Oldinroq olingan xabarga ko‘ra, “Urgench yog‘” Hindistonning Muez-Hest India Pvt. Ltd kompaniyasi yordamida paxta yog‘idan olingan qattiq moylardan distirlangan glitserin  ishlab chiqarish sexini ishga tushirmoqda.

O‘zbekistonda paxta yog‘ini 27 zavod qayta ishlaydi. Ularning quvvati 3 mln tonna urug‘ni qayta ishlashga yetadi. Respublikaning eng katta yog‘ ishlab chiqaruchilari bu: "Karshi yog‘ ekstraksiya", "Koson yog‘ ekstraksiya",  "Farg‘ona yog‘-moy" va "Qo‘kon yog‘-moy"dir. Birgalikda ular yiliga 600 tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqaradilar.

Yangiliklar lentasi
0