Yangi kompyuter dasturi to‘da ichida ham odamni tanib olishi mumkin.

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishVideokuzatuv majmuasi
Videokuzatuv majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik dasturchilar kuzatv kameralari ko‘rish doirasiga tushgan odamlarning shaxsini aniqlashga qodir dastur uylab topdilar.

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekistonda inson qiyofasini kamera videoyozuviga qarab aniqlaydigan dastur paydo bo‘ldi deb xabar berdi, Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.

"ABL-SOFT&SS" kompaniyasi dasturchilari videolavhalarni qayta ishlab inson shaxsini aniqlashga qodir "FaceCon TR.uz" nomli yangi dasturni yaratishdi.

Ushbu dastur yordamida huquqni saqlash organlari xodimlari kuzatuv kameralarining ko‘rish doirasi ichida bo‘lgan odamlarning shaxsini aniqlashi mumkin. Dastur odamning jinsi, yoshi, irqiy mansubligi, yuz tuzilishi va boshqa alomatlarini aniqlashi mumkin.

Undan tashqari videosur’at avtomatik tarzda kompyuterdagi ma’lumotlar bazasi bilan solishtiriladi. Qiyofada soqol, muylov, hamda yosh o‘zgarishi kabi o‘zgarishlarning paydo yoki g‘oyib bo‘lishi inson shaxsini aniqlashga xalal bera olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0