O‘zbekistonga Donbass muammosi tufayli Ukraina eksportining hajmi kamaydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishYuk poyezdi temir yo‘lda
Yuk poyezdi temir yo‘lda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksport hajmi Ukrainaning janubi-sharqidagi muammo chigallashishi sababli ushbu yilning olti oyida 75,4 million dollarga kamayib ketdi.

Toshkent, 21 avg – Sputnik. 2015 yilning birnchi yarmida Ukrainaning O‘zbekistonga eksporti o‘tgan yilning birinchi yarmiga qaraganda 1,4 baravarga kamaydi, deb xabar berdi RIA novosti Ukrainaning O‘zbekistondag elchisi Yuriy Savchenko so‘zlariga asoslanib.

Eksport kamayishi Donbassdan O‘zbekistonning tog‘-kon qazish hamda neft-gaz tarmog‘lari uchun kerak bo‘ladigan temir armatura mahsulotlari olib kelishning kamayishi bilan bog‘liq.

Elchining gaplariga qaraganda Ukraina mahsulotlari uchun kiritilgan oxirgi bojxona yig‘ini ikki mamlakat orasidagi tovar ayrboshlash kamayishining yana bir sababidir.

“Biz umid qilamizki ushbu muammolar kelgusi muzokaralar chog‘ida hal qilinadi”, — dedi Savchenko.

O‘zbekiston 1-iyuldan boshlab Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qo‘shimcha 10% boj belgiladi. Bu Ukrainaning ushbu yilning fevralida Uzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qo‘ygan 10% bojiga qarama-qarshi kiritilgan chora edi.

2014 yilning Avgustida ukraina tomoni, Rossiya bilan savdo-sotiqning kamayishi tufayli O‘zbekiston bilan erkin-savdo zonasi o‘rnatish imkoniyati haqida gapirgandi. Ammolekin hozirgi paytgacha ushbu tashabbus bo‘yicha hech qanaqa amaliy qaror qabul qilingani yo‘q.

Elchixona xabariga ko‘ra Ukrainaning O‘zbekistonga eksportining asosiy qismi kimyo sanoati (farmatsevtika), mashinasozlik va qishloq-xo‘jalik sanoati mahsulotlari tashkil qiladi.

Ikki mamlakat orasidagi umumiy mol ayrboshlash birinchi yarim yillikda 11%ga kamayib 125,7 million dollarni tashkil qildi. 2014-yil yakunida O‘zbekiston Ukrainaning chet el savdo hamkorlari orasida 42 o‘rinda, MDH davlatlari orasida – yettinchi.

Yangiliklar lentasi
0