Rashkchi er, Leviy, Matvey, devona – Lev Durovning kinodagi eng yorqin rollari

Obuna bo‘lish
SSSR xalq artisti, kino va teatrning taniqli artisti, rejisser va pedagog Lev Konstantinovich Durov 20-avgustda Moskvada uzoq vaqt kasallikdan so‘ng vafot etdi. Akterning eng yorqin rollaridan parchalarni videolavhamizda tomosha qiling.

Akterning vafoti haqida uning qizi Yekaterina Durova aytib berdi.
“Lev Konstantinovich shu oqshom soat o‘nta kam birda vafot etdilar”, — dedi  Durova.  
Durovning shifoxonaga 7-avgust kuni juda og‘ir ahvolda yotqizilgan edi. Biroz tuzalgandan keyin uning ahvoli yana yomonlashdi, shifokorlar unda pnevmoniyaning og‘ir ko‘rinishini qiyd qilishdi.
Akter, rejisser, SSSR xalq artisti Lev Durov 1931-yil 23-dekabrda Moskvada tug‘ildi. Durovlar oilasi mashhur rus sirk artistlari sulolasidan. 1967-yil Durov Moskvaning Malaya Bronnaya teatriga ishga kirdi. Lev Durov 1954-yildan boshlab kinoda sur’atga tusha boshladi va ijodi davomida 160dan ziyod rollar o‘ynadi.

Yangiliklar lentasi
0