Qozog‘iston tangasining narxi 35 foizga tushib ketdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishMoliya bozori holatini ko‘rsatuvchi grafik
Moliya bozori holatini ko‘rsatuvchi grafik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston milliy valyutasi narxining keskin tushib ketishi, valyuta koridorini bekor qilish va valyuta kursini erkin bozor almashuviga chiqarish bilan bog‘liq.

Toshkent, 20 avg – Sputnik. Qozog‘istonda Markaziy bank tomonidan valyuta koridori bekor qilingandan keyin milliy valyuta kursi bir dollarga 255 tangaga tushib ketdi, deb xabar berdi  Sputnik Kazaxstan.

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Maksimov 20-avgustdan boshlab respublika yangi valyuta-kredit siyosatiga o‘tishini hamda valyuta koridirini bekor qilinishini e’lon qildi.  Shunday qilib  Tanga kursi bozor talablariga  asosida tashkil topadi. Qozog‘iston valyuta birjasida (KASE) bugun ertalabki savdolar chog‘ida valyuta kursi bir dollarga 255,25 tangada to‘xtadi, bu kechagi narxdan — 188 tanga,  35% kam.

“Bu devalvatsiya* emas. Bu erkin bozor kursiga o‘tish. Erkin bozor kursida valyuta narxini bozor qatnashchilari orasida talab va taklifga qarab bozorning o‘zi belgilaydi”, — dedi Milliy bank boshlig‘i Qayrat Kelimbetov.  (*devalvatsiya – valyuta o‘z qiymatini oltin va boshqa valyutalarga nistabatan yuqotishi)

Oldin Qozog‘istonda valyuta koridori qoidasi amal qilardi, ushbu qoidaga binoan milliy valyuta kursi bir dollarga 170 dan 195 tangagacha bo‘lgan oraliqda belgilanar edi.

O‘zbekistonda valyuta narxi Markaziy Bank tomonidan belgilanadi. Hozirgi kunda respublikada valyuta narxini erkin bozor kursiga o‘tkazish rejalashtirilmagan. 20-avgustda O‘zbekiston so‘mining narxi bir dollarga 2527, 28 so‘mni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0