MTS O‘zbekistonda 2016-yilga kelib abonentlar sonini 1,15 mlnga yetkizmoqchi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMTS sim-kartasi
MTS sim-kartasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2015 yilning birinchi yarmida UMS abonentlari soni 643,1 mingga yetdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rastkichga qaraganda uch baravar ko‘p.

Toshkent, 19 avg – Sputnik. Universal Mobile Systems, O‘zbekistondagi MTS ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxona. UMS 2015-yil oxiriga qadar o‘z abonentlar sonini 1,15 millionga yetkizishni rejalashtirgan, — deb xabar berdi RIA Novosti, UMSning matbuot xizmatiga ma’lumoti asosida.

Universal Mobile Systems 2014-yilning 1-dekabridan uyali aloqa tarmog‘ini tijoriy foydalanishga topshirdi. Mazkur yilning iyul oyida O‘zbekiston va MTS orasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan edi. O‘shanda tomonlar qo‘shma korxona tuzish haqida kelishib olishgan edi. Kelishuvga ko‘ra korxona sarmoyasining 50,01 foizi MTSga, 49,99 foizi “O‘zbektelekom” AJga tegishli bo‘lib, uyali  aloqa opreratoriga 2G/3G/LTE litsenziyalar, kerakli chastotalar, nomerar hajmi, aloqa kanallari ijarasi bilan ta’minlandi. Tarmoqning boshlang‘ich hajmi 2,5 million abonent raqami deb belgilandi.

2015 yilning birinchi yarmida yangi opreratorning bozor ulushi hajmi 2014-yilgi 1%dan 3%gacha o‘sdi.

Joriy yilning ikkinchi kvartalida UMSning daromadi birinchi kvartalga qaraganda 2 barobarga oshib 14,5 mln dollarni  (O‘zbekiston MB kursi bo‘yicha) tashkil qildi, toza zarar  esa – 10,8 mln dollarni tashkil qildi. Solishtirish uchun birinchi kvartalda ushbu ko‘rsatkichlar: foyda — 10,8 mln dollar, zarar – 16, 2 mln dollarni tashkil qilgandi. Ikkinchi chorakda MOU ko‘rsatkichi (bir abonent oy davomida ishlatgan minutlar soni) birinchi chorakdagi 356 mnut o‘rniga, 452minutni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0