Bo‘lg‘usi sur’atchi va ixtirochi boshida mashhur Aleksandr litseyida, keyinchalik Sankt-Peterburg universiteti fizika-matematika fakulteti tinglovchisi bo‘lgan. Buyuk rus olimi Dmitriy Ivanovich Mendeleyevning o‘quvchisi bo‘lgan.
1898 yildao‘tgazilgan fotoko‘rgazmada Prokudin-Gorskiy o‘zining birinchi fotosur’atlarini ko‘rsatdi. Ushbu fotosur’atlarda 17-18 asr rus rassomlarining ijodiy ishlari tushirilgan edi. Ushandan keyin olim rangli sur’at ishlab chiqish haqida o‘ylanib qoldi.
XX asr boshida sur’atchi o‘zining birinchi rangli fotosur’atlarini namoyish qildi. 1904-yildan boshlab u Rossiya bo‘ylab faol safar qildi va qadimiy me’morchilik namunalari, mahalliy aholining milliy liboslari va turmush tarzini sur’atga tushurdi.
1911 yilda Prokudin-Gorskiy O‘rta Osiyoga safar qildi va O‘zbekistonniy tarixiy va madaniy markazlari bo‘lgan Samarqand, Buxoro shaharlari ko‘rinishlarini sur’atga tushirdi.
1904 – 1916-yillarda Prokudin-Gorskiy tomonidan sur’atga olingan Rossiya Imperiyasining fotosur’atlar to‘plami bir necha minglab negativlar, fotoplastinalar, fotosur’atlar va reproduksiyalardan tashkil topgan. Hozirgi kunda Rus rangli sur’atchiligining eng yirik me’rosi Amerika kongressi milliy kutubxonasida saqlanmoqda.