Toshkent, 19 avg – Sputnik. Yevropada NATO havo-desant kuchlarining “Sovuq urush” davridan keyingi eng yirik o‘quvg‘-mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar berdi RIA Novosti, Frans press ma’lumoti asosida.
Sentabrning oyining o‘rtalarigacha davom etaligan mashg‘ulotlarda Shimoliy alyansning 11 mamlakatidan qariyb 5000 harbiy qatnashadi. Ular orasida Buyuk Britaniya, Gretsiya, Bolgariya, Ispaniya va Polsha davlatlari harbiylari bor.
Swift Response 15 nomli qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari oxirgi 25-yildagi qit’adagi eng katta voqeaga aylandi.
Mashg‘ulotlarning eng avji, rejaga ko‘ra 26-avgustga to‘g‘ri keladi. Usha kuni alyans samoletlari mingdan ziyod parashutchilarni Germaniyadagi tayorlov bazasiga tashlash rejalashtirilgan.
Oldinroq, NATO sentabrda harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlarini Ionik dengizida o‘tkazadi deb xabar berilgan edi. O‘tgan yili ushbu xil dengiz mashg‘ulotlarida Shimoliy alyansning o‘n mamlakatidan kema va samolyotlar qatnashgan edi.