Toshkent, 19 avg – Sputnik. Moliya vazirligi va Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi bakalavriat va magistraturada 2015-2016 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘qish narxini tasdiqladi, — deb xabar berdi O‘zbekiton Respublikasi Ta’lim vazirligi matbuot xizmati.
Xalqaro aloqalar va Jahon iqtisodiyoti bilan bog‘liq bulgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qiydigan talabalar eng qimmat narx to‘laydigan bo‘lishdi — yiliga 8,55 mln so‘m. Ushbu narx o‘tgan yilgiga qaraganda qariyb bir millon so‘mga qimmat.
Gumanetar va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘qiydigan talabalar 5,8 millon to‘lashadi. O‘tgan yili ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha to‘lovg‘kontrakt narxi 5,05 million so‘mni tashkil qilgandi. “Jurnalistika” va “Informatika texnologiyalari” mutaxassisiliklari bo‘yicha o‘qish narxi 5,5 milliondan 6,3 million so‘mga oshdi. “San’atshunoslik va me’morchilik” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish 5,95 million o‘rniga 6,85 millionni tashkil qiladi. “Iqtisodiyot va biznes”, “Tibbiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha 6,65 o‘rniga 7,65 millionni tashkil qiladi.
Ushbu o‘qish yilida, O‘zbekistonda OTMga 550 mingdan ziyod abituriyentlar hujjat topshirgan. Bu oxirgi yillar ichida eng yuqori natija. Qabul test natijalari yaqin kunlar ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.