Tanszindagi xavfli moddalar omborxonasidagi kuchli portlashlar. Guvohlar videolavhasi.

Obuna bo‘lish
Chorshanba kuni, Xitoyning Tanszindagi xavfli moddalar omborxonasida ikkita kuchli portlash yuz berdi. FH okibatida eng kamida 44 kishi halok buldi, 520 kishi zarar ko‘rdi. Guvohlar tushirgan videolavhani tomosha qiling.

 

Sanoat shahri hisoblangan Tanszin shahridagi portlashning quvvati 3 va 21 tonnani tashkil qildi, deb xabar berdi SSTV telekanali, shahar seysmologlar xizmati ma’lumotga qaraganda.

Binolardan biri quladi, qolgan bir nechasi shikastlandi. Qutqaruvchilar odamlarni uyumlar ostidan izlayapti. Qurbonlar soni 44 kishiga yetdi, 520 kishi jarohatlar bilan shifoxonalarga yotqizildi, ulardan 66 kishi og‘ir holatda. Qurbonlar orasida 12 o‘t o‘chiruvchi bor deb xabar berdi Sinxua Agentligi.

Chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23.30da, birin ketin ikki portlash yuz berdi. Portlashlar Binxaydagi Ruihai Logistics kompaniyasining, xavfli moddalar saqlanadigan,  omborxonasida ruy berdi. Potlash shunaqa kuchli ediki, uni hatto mahalliy seysmologiya xizmati qayd qildi. Portlash kuchi o‘nlab kilometr uzoqda ham sezildi.

 

Yangiliklar lentasi
0