Toshket, 13 avg – Sputnik. Vazirliklar va boshqarmalar hujjatlarni o‘z rasmiy saytlarida nashr etishladi, deb xabar berdi "Ekonomicheskoe obozrenie" nashri.
Davlat hukumati tashkilotlari va shahar xokimiyati saytlarida ochiq ma’lumotlar keltirilgan maxsus bo‘limlar tashkil qilingan bo‘lib, u yerda, avvalambor, tadbirkorlarni qiziqtiruvchi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Davlat idoralarining matbuot xizmatlari hujjatlar dolzarbligini yo‘qotmasligi uchun ularni doimiy ravishda yangilab turishlari shart.
Ushbu qaror hukumat muassasalarining ish faoliyatini ochiq yuritish haqidagi qonunga asosan qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi portal tuldirilishini kuzatib boradi. Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tomonidan chop etilishi majburiy bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini belgilanadi.
Ushbu hujjatlarni bir joyda chop etish va saqlashdan maqsad, barchaga ularni topib olishi va ishlatishi uchun oson yul ochib berish.