Toshkent, 12 avg — Sputnik. Bolgariyada o‘tkazilgan Xalqaro Matematika Olimpiadasida Mirzo Ulug‘bek nomli Milliy Universitetning talabasi Hakimboy Egamberdiyev oltin medal sovrindori bo‘ldi, deb xabar berdi OTM saytida.
Kumush medal sovrindori Bexzod Qurbonboyev ham ushbu OTM talabasidir. Olimpiadada erishilgan g‘alaba Britaniyaning University College London o‘qish uchun grant olish imkonini beradi.
Umumiy hisobda O‘zbekiston jamoasi 74 o‘rindan 21-o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinda Rossiyaning Sankt-Peterburg Davlat Universiteti jamoasidir.
Xalqaro olimpiadada talabalarga algebradan, geometriyadan va matematik analizdan jami 10 ta masalani yechish taklif qilingan edi. Musobaqada dunyoning 70 oliygohidan talabalar qatnashdi.