Yaponiya bosh vaziri oktabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishYaponiya bosh vaziri Sindzo Abe
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu Yaponiya davlat rahbarining 2006-yildan beri birinchi tashrifidir.

Toshkent, 12 avg —  Sputnik. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, O‘rta Osiyo mamlakatlari buylab  o‘zining birinchi safariga chiqadi, deb xabar berdi Japan Times. Safar davomida, o‘zaro munosobatlarni mustahkamlash maqsadida Abe Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrif buyuuradi. 

Bosh vazir mezbon davlatlar rahbarlari bilan xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi. Undan tashqari bir qator infratuzilma sohasiga oid zarur hujjatlarga qo‘l qo‘yish va narko trafikni to‘xtatish kun tartibiga kiritilgan. Oldinroq, Yaponiya bosh vaziri O‘rta Osiyoga avgust oyida kelishni rejalashtirgan edi, lekin parlamentining sessiyasi kutilmaganda cho‘zilib ketgani uchun safarini kechiktirishga majbur bo‘ldi.  

Oxirga marta Yaponiya bosh vaziri O‘zbekistonga 2006-yilda kelgan edi. O‘sha paytda ushbu ma’sul vazifani janob Dzun’itiro Koidzumi bajarar edi. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan bo‘lgan muzokaralarda asosiy e’tibor uran qazib olish loyhasiga bag‘ishlangan edi. Taraflar Shimoliy Koreya tarafidan uchirilayotgan raketalar, Eron yadro quroli va BMT reformalarini muhokama qilishgandi. 


Yangiliklar lentasi
0