Toshkent, 11 avg – Sputnik. Ta’lim vazirligi xabar berishiga ko‘ra, O‘zbekiston Ta’lim vazirligi talabalarga stipendiya to‘lash tartibini o‘zgartirdi.
Toshkent Davlat Yuridik Universitetida ta’lim modulli tizimda tashkil etilganligi uchun stipendiyalar miqdori yiliga ikki marta belgilanadi. Stipendiyalar faqat sessiya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalargagina to‘lanadi.
Qolgan barcha oliy o‘quv maskanlarida, fanlardan akademik “qarz”lari bo‘lmagan talabalarga stipendya oyning birinchi kunida to‘lanadi.
Kunduzgi bo‘limlarda o‘qiydigan, yoshi 2 yoshgacha bo‘lgan yosh bolali talaba qizlarga stipendiyalar to‘liq hajmda tulanadi.
Ta’lim vazirligi talabalarga stipendiya to‘lash tartibini o‘zgartirdi
18:42 11.08.2015 (yangilandi: 18:42 18.08.2015)
Obuna bo‘lish
Stipendiyalar barcha “qarz”lar uzilgandan keyin tulanadi.