Yo‘l harakati qoidalarini buzuvchilarga jarima xati pochta orqali yuboriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishYHQ buzish holatlarini avtomatik ravishda qayd qilish majmuasi.
YHQ buzish holatlarini avtomatik ravishda qayd qilish majmuasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tezlikni oshirganlik uchun jarima endi pochta orqali keladigan bo‘ldi.

Toshkent 11 avg – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ayrim o‘zgarishlar kiritish haqidagi buyruqqa qo‘l qo‘ydi. “Jahon” axborot agentligining xabar berishicha, bundan buyon YXQ buzish holatlarini foto va video suratga olish to‘la qonuniy bo‘ldi.
Yangi qoidalarga asosan, texnik vositalar yordamida qayd qilingan ma’lumotlar rasmiy hujjatga barobarlashtirildi. Jarimani pattasi qoidabuzarlarga buyuurtmali xat bilan pochta orqali yuboriladi. Ushbu xatda yuboruvchi va oluvchi, qoidabuzarlik sodir etilgan joy, vaqt, va uning tarkibi hamda to‘lash lozim bulgan muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Qoidabuzar jarimani qaror chiqqan kunidan 60 kundan kechikmasdan to‘lashi kerak. Jarimani to‘lash javobgarligi transport vositasining egasi zimmasiga yuklanadi.
Jarima haqidagi qarorni xat olingandan keyin 30 kun mobaynida shikoyat qilish mumkin.
Undan tashqari, MJ kodeksiga qo‘shimcha yorug‘lik va tovush uskunalari o‘rnatish haqida, va transport vositasi oynalari qoraytirish haqidagi aniqliklar kiritildi. Ushbu uskunalar ruxsatsiz o‘rnatilgan hollarda, qoidabuzarlarga eng kam ish haqqining 1 dan 3 baravvarigacha, mansabdar shaxslarga esa 3 dan 5  baravvarigacha jarima solinadi.
Miqdori 30 mln dollar bo‘lgan loyhaning asosiy pudratchisi deb Shveysariyaning AGT International korxonasi belgilandi. Birinchi bosqichda videokameralar poytaxting 160 chorrahasida o‘rnatiladi. Yangi foto-video majmuasi tezlikni oshirish, qizil chiroqqa bo‘ysunmaslik kabi qoidabuzarliklarni qayd qilish imkonini beradi. Majmua Toshkent shahar yul patrul xizmati Boshqarmasi avtomobillarining uskunalari bilan sinxronlashtirilgan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0