Toshkent, 10 avg – Sputnik. Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida bulgan 5.9 balli qimirlashi Toshkentda ham sezildi, deb xabar berdi AQSh Geologiya xizmati (USGS).
Toshkent seysmologiya mutaxassislarining fikricha yer osti silkinishlari Toshkentda 3 ballga yetdi, deb xabar berdi Kun.Uz. Andijon, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida yer osti silkinishlari 2 ballni tashkail qildi.
Yer osti silkinishlari Qobul, Islomobod va Nyu Deli da ham qayd qilindi.
Yer qimirlashining episentri Tojikiston poytaxtidan 300km janubda joylashgan bo‘lib, uning markazi 88 km chuqurlikda deb aniqlangan. Vayronagarchilik yoki jabr ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida bo‘lgan yer qimirlashi Toshkentda ham sezildi
18:28 10.08.2015 (yangilandi: 18:28 18.08.2015)
© Sputnik / Aleksey Kudenko
/ Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda kuchli yer qimirlashi yuz berdi, uning ta’siri O‘rta va Janubiy Osiyo mamlakatlarida ham sezildi. O‘zbekistonda hududi yer osti silkinishlari 2-3 balni tashkil etdi.