Toshkent, 10 avg – Sputnik. Urganch shahrida Navro‘z Sobirovning konserti paytida ko‘prik panjaralari qulab tushdi va odamlar halok buldi deb xabar berdi RIA Novosti, O‘zbekiston FHV matbuot markazi ma’lumoti asosida.
Vazirlikda halok bo‘lgan odamlar sonini aniq aytishmadi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, kuprik panjaralari ko‘prikda haddan ziyod odam to‘planishi natijasida qulab tushgan. Konsert tomosha qilishga minglab tomoshabinlar kelgan edi.
Panjara sinishi natijasida o‘nlab odamlar ko‘lga qulab tushdi.
Hukumat halokat sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish uchun maxsus komissiya tuzdi. Komissiya voqea sodir bulgan joyga yordamga junadi. Shu jumladan jabr ko‘rganlarga va halok bo‘ganlarning oilalariga moddiy yordam ham nazarda tutilgan.