Diyora Keldiyorova O‘zbekiston ayollar dzudosi tarixida birinchi oltin medal sovrindori bo‘ldi

© IJFUzbekistonlik dzudochi qiz Diyora Keldiyorova. (chapdan ikkinchi)
Uzbekistonlik dzudochi qiz Diyora Keldiyorova. (chapdan ikkinchi) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
17 yoshli O‘zbekistonlik dzudochi qiz Sarayevoda o‘tkazilgan musobaqada jahon chempioni unvoniga ega bo‘ldi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Bosniya va Gersogovinada o‘tkazilgan chempionatda samarqandlik yosh sportchi g‘olib buldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Dzudo Federatsiyasining matbuot xizmati.

Diyora Keldiyorova, 48 kilogrammgacha bulgan guruhning hal qiluvchi jangida, o‘zining Niderlandiyalik raqibiga imkon qoldirmadi.

“Diyora olishuvga qat’iyat va ishonch bilan kirishdi va sportchilarga xos xotirjamlik bilan Vengriya, Braziliya va Niderlandiyalik raqiblarini birin-ketin “titib” tashladi”, — deyshdi Diyoraning trenerlari Xurshid Xoliqov va Valeriya Kigay.

Sarayevoda 5-9 avgustda bo‘lib utayotgan turnirda dunyoning 59 mamlakatidan kelgan 500 sportchi qatnashdi. Shu jumladan O‘zbekiston terma jamoasi ham.
Dzudo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligida O‘zbekistondan jami o‘n kishi qatnashdi: Manucher Shirinov, Arslonbek Tojiyev, Behruz Amandavlatov, G‘olibjon Sulaymonov, Jasur Sodiqov, Sherxon To‘rabobev, Aloviddin Jo‘raqulov, Shoxrux To‘rayev. Qizlardan Gulnur Murotboyeva va Diyora Keldiyorova.
Sportchilar muhim musobaqaga ancha oldin Toshkentdgi Dzudo rivojlantirish Osiyo markazida shug‘ullanishni boshlagan edilar. Sarayevoga borgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari respublikada o‘tkazilgan dzudo chempionati g‘oliblaridan tashkil topgan.

Diyora 1998-yilning 13-iyulida Samarqandda tug‘ildi. Shu yilning iyun oyida Chirchiqda o‘tkazilgan “Osiyo Ochiq Kubogi” chempioni bo‘ldi. Bir yil avval yosh sportchi o‘quvchilar orasida “Yevropa Kubogi”ning bronza medali sovrindori bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0