O‘zbekistonda sog‘liq haftasi o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
Tadbirda respublikaning barcha viloyatlarida joylashgan ilg‘or tibbot markazlari va ilmiy-tekshirish institutlari qatnashadi.

Toshkent, 7 avg – Sputnik. 10 avgustdan boshlab O‘zbekistonda yalpi tibbiy ko‘rik boshlanadi. “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida sog‘liq haftasi o‘tkaziladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash vazirligining matbuot xizmati

Keksalar, urush va mehnat faxriylari bir hafta davomida Respublikaning eng ilg‘or shifoxonalarida sog‘liqlarini tekshirishlari mumkin. 

Sog‘lik haftasi ikki bosqichdan tashkil topgan bo‘lib, avval tibbot markazlarida dastlabki ko‘rik o‘tkaziladi, keyin agar kerak bulsa, tajribali mutaxassislardan tuzilgan maxsus shifokorlar konsiliumi xoxlovchilarni qayta ko‘rikdan o‘tkazadi. 

Ijtimoiy tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. Tadbir davomida mutaxassislar kasalliklarni oldini olish haqida ham aytib o‘tadilar. 

Sog‘liq haftasi ana’anaga muvofiq Mustaqillik Kuni arafasida o‘tkazilmoqda. O‘tgan yil tibbiyot kurigidan 6.5 mln maktab uquvchilari o‘td. Shunday tadbirlar natijasida, oxirgi o‘n yillik davomida O‘zbekistonda zotiljam (pnevmoniya) kasalligi bilan kasallangan odamlar soni ikki baravar, yurak illati bilan tug‘ilgan chaqalaqlar soni 1.3 bavarvar  kamaydi. 


Yangiliklar lentasi
0