Toshkent, 4-avgust — Sputnik. Sputnik Azerbaydjan xabariga ko‘ra, —O‘zbekiston va Ozarbayjon orasida o‘zaro eksport imkoniyatlari tezlik bilan o‘sib bormoqda, — dedi O‘zbekistonning Bakudagi elchixona maslaxatchisi Jahongir Aminov, Ozarbayjon poytaxtida bulib o‘tgan davra uchrashuvida.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi mol-almashuv hajmi hozirgi kunda imkoniyat darajasida emas. Ushbu masala buyicha davlatlar rahbariyati o‘zaro muzokaralar olib bormoqda, — dedi Aminov. Hozirgi kunda bug‘doy va tuqimachilik sanoati mahsulotlari yetkazib berish imkoniyati muhokama qilinmoqda. Xususan O‘zbekiston
Ozarbayjonga gilam yetkazib berishni boshlaydi, mumkin qadar shu yildan boshlab.
“Biz Ozarbayjonda Savdo Uyi ochishimiz ham mumkin”, — deb O‘zbekiston elchisi yordamchisining suzlarini keltirdi agentstvo Trend
Hozirgi kunda O‘zbekiston Ozarbayjonga avtomobillar, avtobuslar, ehtiyot qismlar va qishloq xujaligi mahsulotlari yetkizib berayapti, Ozarbayjon esa O‘zbekistonni neft va kimyo sanoati mahsulotlari bilan ta’minlayapti.
2014 yilda ikki davlat orasidagi mol-almashuv hajmi 62 million dollarga yetdi. Bu 2013-yilga qaraganda uch baravar ko‘p miqdorni tashkil qiladi.