Ohangaron vodiysiga uyushtirilgan ilmiy safar nihoyasiga yetdi

© Sputnik / Aleksandr Polyakov / Mediabankka o‘tishOxangaron daryo o‘zani.
Oxangaron daryo o‘zani. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ohangaron vodiysiga uyushtirilgan ilmiy safar nihoyasiga yetdi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Mutaxassislar qadimgi Tunket shahar qoldiqlari va Kanka antiqiy shahar xarobalarini o‘rganib chiqishdi.
kultura.uz xabar berishiga ko‘ra, Ohangaron daryo soyiga “Oltin Meros” xayriya fondining Toshkent Viloyati boshqarmasi  tomonidan tashkil qilingan Ilmiy-etnografik ekspeditsiya nihoyasiga yetdi.  
Arxeologiya, tarix va san’atshunos mutaxassislar uch kun davomida Sirdaryo irmog‘i buylab sayoxat qildilar. Bu yerda ular qadimgi Tunket shahar qoldiqlarini va Kanka antiqiy shahar xarobalarini, Qizilolmossoyning sirli petrogliflari va Qoraxitoy qishlog‘i va Qoraxitoy tepa ma’muriy yodgorliklari o‘rganib chiqishdi.
Mutaxassislar, miloddan avval Ohangaron vodiysida yashagan xalqlarning madaniy myerosiga oid yangi topilmalarni ham topishdi. Topilgan ma’lumotlar olimlarga shu joylar tarixi haqidagi bilimlarini tuldirishga imkon berar.
Toshkent oblastida turli arxeologik yodgorliklar topilgan: mis asri manzilgoh izlari, tosh asri manzilgohlari, qoyatosh suratlari va qadimiy qal’a xarobalari. Eramizdan oldingi II asrda  daryo vodiysida Yuni nomli katta shahar qurilgan. Keyinchalik uni atrofida ko‘plab ovullar paydo bo‘lgan. 
Ushbu yodgorliklarni o‘rganish faqat O‘zbekiston uchun emas balki butun O‘rta Osiyo tarixi uchun katta ahamiyatga ega.

Yangiliklar lentasi
0