TOShKENT, 4 avg – Sputnik. RIA Novosti xabar berishiga ko‘ra, Toshkentdagi Xalqaro Madaniyat karvon-saroyida “Qadimiy Choch madaniy merosi” nomli arxeologik ko‘rgazma ochildi.
Choch (Shosh arabcha yozuvda) – O‘rta Osiyoning, hozirgi janubiy Qozog‘iston va O‘zbekistonning shimoli-sharqida eramizning I-VII asrlarida O‘rta Osiyoning arablar zabtigacha bulgan davrida mavjud bulgan tarixiy hududlaridan biridir. O‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan shaxarlar ichida eng qadimiysi bu Toshkent viloyatidagi Qonqa va Toshkent shaxrining shimolida joylashgan Shoshtepa shaharlaridir. Ular Toshkent viloyatida topilgan eng qadimiy shaxar turidagi manzilgohlaridir.
"Qonqadagi chuqurligi 20 metr bulgan arxeologik qazish ishlari miloddan avvalgi ming yillikning teng yarmigacha bo‘lgan tarix “qatlama”sini ochdi", — dedi Madaniyat karvon-saroyining muzey bulimi boshlig‘i, arxeolog Konstantin Sheyko.
Eramizdan avvalgi IV-III asrlarda Qonqadagi uylar atrofida mustahkam shahar paydo bo‘ldi. Sheykoning so‘zlariga qaraganda, ushbu shahar qadimiy harbiy rusumga binoan ikki qator qo‘rg‘on devori bilan o‘ralgan bo‘lib devorda minoralar va himoya tuynuklari mavjud bo‘lgan.
Ko‘rgazmada III-XI asrlarga oid kumush va mis tangalar, metall, suyak va toshdan yasalgan mehnat qurollari, sopol va chinni idishlar, oltin va rangdor toshlardan yasalgan taqinchoqlar, odam va xayvonlar shaklini eslatuvchi terrakot haykalchalar namoyish etilgan.
Ko‘rgazma tashkiliy qo‘mitasi xabar berishicha, ko‘rgazmada tarixiy yodgorliklar bilan bir qatorda, bir necha o‘nlab fotosuratlar namoyish etilgan. Fotosuratlarda eng qiziq eksponatlar va arxeologik qazishlar ko‘rinishlari ko‘rsatilgan. Ko‘rgazma ochilgan kuni tashkil qilingan “davra suhbatida” oxirgi yillarda o‘tkazilgan tarixiy yodgorliklarga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar hamda Chochning Buyuk Ipak Yulidagi ahamiyati muhokama qilindi.
Toshkentdagi Xalqaro Madanyat Karvon-saroyi 2003-yilda ochilgan. Ushbu madaniyat markaziga uning ilk tashabusskori bulgan Yaponiyalik rassom va izlanuvchi Ikuo Xirayama nomi berilgan. Madaniyat Karvon-saroyi Uzbekiston, Yaponiya va Buyuk Ipak Yulida joylashgan boshka mamlakatlar madaniy me’rosini ommalashtirishga xizmat qiladi.