29 iyul — butunjahon yo‘lbarslar kuni, 2010-yildan boshlab nishonlanib kelmoqda. Bayram ushbu noyob yirtqichning kundan kun kamayib borayotganiga odamlarning diqqatini jalb qilish uchun tashkil qilingan.
Ushbu kunni tashkil qilish haqidagi qaror Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan "Yulbar sammitida" qabul qilingan edi. Butun jahon zoologlari shunday usul bilan odamzod diqqatini ushbu jozibali hayvonlarga qaratishga umid qiladi.
Yo‘lbarsdar "Qizil kitobga" kiritilgan bo‘lib, 1947-yildan ekologik tashkilotlar himoyasi ostida. 1955-yildan beri ushbu mavjudotlarni tutish qat’iyan man qilingan.
Eng katta yo‘lbars — Amur yo‘lbarsi yoki Ussuriya yo‘lbarsi Rossiya hududida yashaydi. Ushbu noyob yo‘lbarslar soni 20-asr oxiriga kelib bor yo‘g‘i 100tadan kamayib ketdi. Hukumat say-harakatlari evaziga 2014-yilga kelib ularning soni 500dan oshdi.
Yulbarslarni qutqarish davlat dasturini joriy qilish tashabbuskori, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, 2008-yilda o‘z tug‘ilgan kuniga yo‘lbarcha sovg‘a oldi. Hozir ushbu Masha nomli yo‘lbarscha Gelendjik Zooparkida yashamoqda.