Toshkent, 15-iyul — Sputnik. RIA Novosti xabariga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlari vaziri O‘zbekistonga bo‘lgan rasmiy tashrifi davomida toshkentdagi Muqaddas-Uspensk kafedral soboriida bo‘ldi.
Kafedral soborda Sergey Lavrov, xristian dini odatiga ko‘ra, uzining otdosh homiysi avliyo Sergiy Radonejskiyning butiga ta’zim qildi va sobor qavmlari bilan muloqotda bo‘ldi.
“Biz sizlarni esimizdan chiqarganimiz yo‘k. Sizlarni biror nima bezovta qilayotgan bo‘lsa, hal qilinishi kerak bo‘lgan biror muammo bo‘lsa – biz eshitishga tayormiz”, — dedi TIV rahbari.
Moskvalik mehmonni cherkovning bolalar xori bilan tanishtirishdi. Lavrov ulardan tayorgarlik ko‘rmasdan biror nima kuylab berishni suradi. Bolalar o‘zlarini yuqotib qo‘ymasdan, cherkov qo‘shiqlaridan birini kuylab berdilar.
Mitropolit vazirga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va kelasi yil Turkiston yeparxiyasi tashkil topganining 145-yilligi munosobati bilan o‘tkaziladigan bayramga butun Moskva va butun Rossiya patiriarxini taklif qilish orzusi borligini aytdi.
“Siz vatandoshlarimizga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligingiz bu butun dunyodagi Rus pravoslav cherkovlari bilan bulgan munosobatimiz ruhiyatini tuliq aks ettiradi. Qayerda bulmasin vatandoshlarimizga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik rus pravoslav cherkovining say-harakatlari bilan to‘la uyg‘unlikda o‘tmoqda, — dedi Lavrov.
Tashqi ishlar vaziri vatandoshlarini qullab-quvvatlash uchun “har qanday imkoniyatdan foydalanishga tayor ekanligini”, hamda kelajakda ham ikkala mamlakat xalqi farovonligi uchun ishlashga so‘z berdi.
Tashrif davomida Rossiya TIV boshlig‘i o‘zbekistonlik hamkasabasi Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar olib bordi. Undan tashqari, Lavrov O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Lavrov toshkentdagi Muqaddas-Uspensk kafedral soboriga tashrif buyurdi
11:58 15.07.2015 (yangilandi: 11:58 18.08.2015)
CC BY-SA 3.0 / GOL os / Uspenskiy kafedralniy sobor v TashkenteToshkentdagi Muqaddas-Uspensk kafedral soborii
Obuna bo‘lish
Soborda vazirni Toshkent va O‘zbekiston metropoliti Vikentiy kutib oldi