Gorbachovning kabinetida “quloqli” globus bor edi — KGB faxriysi

© Sputnik / SavelyevGorbachev v rabochem kabinete
Gorbachev v rabochem kabinete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2026
Obuna bo‘lish
Gorbachov KGB texnik mutaxassislariga globusni qasmlarga bo‘lib tekshirishni ta’qiqlagan, keyin esa u "g‘oyib bo‘lgan".
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. SSSR prezidenti Mixail Gorbachovning kabinetida AQSh prezidenti Jorj Bush tomonidan sovg‘a qilingan globusda zamonaviy "quloq" o‘rnatilgan edi, dedi KGB faxriysi va iste’fodagi polkovnik Aleksey Yegorov Natsionalnaya Oborona jurnaliga bergan intervusida.

“KGB rahbari V. Kruchkov Amerikadagi ishonchli manbamizdan Bush sovg‘a qilgan globusda eng zamonaviy ma’lumot to‘plash, saqlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldoshga uzatish tizim mavjudligi haqida ma’lumot oldi. Uni globusni to‘liq demontaj qilmasdan an’anaviy usullar bilan topib bo‘lmaydi”, - dedi Yegorov.

Shundan so‘ng Kruchkov KGB 9-bo‘lim (SSSR rahbariyatini qo‘riqlash bo‘linmasi) rahbari general-leytenant Yuriy Plexanovdan Gorbachovning ofisida yangi globus paydo bo‘lganmi, deb so‘ragan.
"Ma’lum bo‘lishicha, musiqa va rangli chiroqlar bilan yoritilgan ulkan globus Gorbachevning Kremldagi kabinetida bir necha kundan beri turgan ekan. Odatiy tekshiruvda uning ichidan hech narsa topilmagan. Sinchiklab tekshirish uchun uni qismlarga ajratish kerak bo‘lgan, ammo Gorbachov bunga qarshi bo‘lgan", deb qo‘shimcha qildi faxriy.
Keyin Kruchkov Gorbachovning oldiga borib, globusni KGB texnik mutaxassislariga batafsil tekshirish uchun topshirishni talab qildi, deb eslaydi Yegorov.
Bunga javoban Gorbachov Kruchkovga jahl bilan u hamma joyda josuslarni izlayotganini va uning Bush bilan munosabatlari o‘zaro ishonchli ekanini aytdi. Bir necha kundan keyin globus g‘oyib bo‘ladi, ammo u xavfsizlik xizmatiga topshirilmaydi. Keyinchalik Gorbachovning o‘zi "Men uni axlatga tashlab yubordim", deydi. Ammo u qayerga g‘oyib bo‘lgani hech qachon aniqlanmagan", deb eslaydi Yegorov.
Shu o‘rinda KGB faxriysi 1945-yilda Stalin Ruzvelt uchun mo‘ljallangan shaxsiy sovg‘a ichiga maxfiy tinglash uskunasi o‘rnatishdan bosh tortganini esladi. Stalin buni "axloqiy jihatdan nomaqbul va siyosiy xavfli" deb hisoblagan.
Ammo keyinroq sovet maxsus xizmatlari AQShning Moskvadagi elchisi Averell Xarrimanga yog‘ochdan yasalgan AQSh gerbini sovg‘a qilishadi. U yog‘och suvenirlarni juda yaxshi ko‘rardi. Uning ichiga o‘rnatilgan eshitish qurilmasi mutlaqo antiqa bo‘lib u elektrsiz ishlagan. Gerb AQSh elchisining kabinetiga o‘rnatiladi va 7-yil davomida “ishlaydi”.
Gerb SShA so spratannim vnutri juchkom Lva Termena  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2020
"Troya burguti" yoki AQSh elchisi kabinetida 7-yil ishlagan "juchok" haqida
Yangiliklar lentasi
0