Rossiyada 800 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi ishlash maqsadida bo‘lib turibdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2026
Obuna bo‘lish
Migratsiya idorasining aniqlik kiritishicha, ko‘plab o‘zbekistonliklar mavsumiy ishlarda band bo‘lib, muntazam ravishda vatanga qaytib keladi.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Hozir Rossiyada 800 ming nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarosi ishlash maqsadida bo‘lib turibdi, ularning deyarli 60 foizi Rossiyada bir yildan kam vaqtdan beri bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentlini RIA Novostiga ma’lum qildi.
Avvalroq RIA Novosti o‘rgangan Rossiya statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari yanvar-sentabr oylarida Rossiyaga ishlash uchun 1,5 milliondan ortiq marta safar qilgan, bu Rossiyaga xuddi shu maqsadda kelgan barcha xorijliklar orasida aksariyatni tashkil qiladi. Shu bilan birga, bunday safarlar soni yil davomida 13 foizga kamaydi.
“O‘zbekiston Respublikasi IIV elektron tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda 925,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada 90 kundan ortiq bo‘lib turibdi, ulardan 801,5 ming nafari mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida” - dedi migratsiya idorasi vakili Rossiya statistikasi ma’lumotlariga izoh berar ekan.
Uning aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston fuqarolarining 56,7 foizi Rossiyada bir yildan kamroq bo‘ladi va mavsumiy ishlarda ishlaydi.
“Ular muntazam ravishda vatanga qaytib kelishadi, bu esa qayta kirishlar sonining ko‘payishiga olib keladi”, - deya tushuntirdi agentlik suhbatdoshi.
Rossiyaga ishlash uchun borishlar soni kamayganiga qaramay, 2026-yilning birinchi yarmida Rossiyadan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga ko‘paygan.
Joriy yilning birinchi choragida Rossiyaning O‘zbekistonga xorijdan kelib tushgan jami pul o‘tkazmalaridagi ulushi 72,4 foizni tashkil etgan.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2026
Moskva shahri va viloyatida patent 11 ming yoki 15,6 ming rubl bo‘lishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0