O‘zbekistonda 5,6 mlrd dollarlik pulli avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilgan

© Sputnik / Baxrom XatamovVesna v Tashkentskoy oblasti
Vesna v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda umumiy uzunligi 593 kilometr bo‘lgan beshta pulli yo‘l loyihasini amalga oshirishga kirishildi.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasi investorlari va tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuvda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari so‘nggi 10-yilda yo‘l sohasiga 80 trln so‘m ajratilganini, natijada 7 ming kilometr yo‘l qayta qurilib, 125 ming kilometr yo‘l ta’mirlanganini ta’kidladi.
Mirziyoyevning qayd etishicha, sohaga xususiy investitsiyalar orqali 20 mlrd dollar mablag‘ jalb qilish imkoniyati mavjud.
Ma’lum qilinishicha, hozir umumiy qiymati 5,6 mlrd dollar bo‘lgan, jami 593 kilometr uzunlikdagi pulli yo‘llarni qurish bo‘yicha beshta loyiha boshlangan.
Jumladan, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida 2,2 mlrd dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Toshkent – Angren yo‘nalishidagi 1,6 mlrd dollarlik loyiha bo‘yicha tender jarayonlari yakunlanmoqda.
Shuningdek, Toshkent – Chorvoq, Samarqand – Buxoro va Taxtaqoracha dovoni yo‘nalishlaridagi jami 1,8 mlrd dollarlik loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlab, investorlarga taqdim etish topshirildi.
Uchrashuvda yo‘l va ko‘priklar qurilishiga tadbirkorlarni jalb qilish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Hududlarda umumiy qiymati 4 mlrd dollarlik 131 ta loyiha taklifi tayyorlangan.
Hokimlarga bir oy muddatda har bir hududda 1−2 tadan yo‘l va ko‘prikni belgilab, ularni qurish, saqlash va boshqarish sharti bilan investorlarga taklif etish vazifasi yuklatildi.
Bunda loyihalar tadbirkorlarga tayyor texnik-iqtisodiy asoslari bilan taqdim etiladi. Investorlar yo‘llar bo‘yida savdo va servis obyektlarini tashkil etish huquqiga ham ega bo‘ladi. Prezident bunday loyihalarni har bir tumanda amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Panoramniy vid na ozero Charvak. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2026
Toshkentdan Chorvoqqa 35 daqiqada: yangi pulli yo‘l qurilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0