YeOII va Mo‘g‘uliston doimiy erkin savdo shartnomasi ustida ish boshlaydi

© SputnikFlagi YeAES i Mongolii
Flagi YeAES i Mongolii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2026
Obuna bo‘lish
YeOII yo‘nalishida imtiyozli savdo bitimlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston 2027-yilning yozida doimiy erkin savdo shartnomasi ustida ishlashni boshlaydi, deb xabar berdi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi.
Ittifoq va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimi 2025-yil 27-iyunda imzolangan va 2026-yil 22-iyulda kuchga kirgan.

“Kelgusida Mo‘g‘uliston bilan erkin savdo to‘g‘risida to‘liq formatli bitim tuzishni maqsad qilganmiz. Bunday maqsad shartnoma matnida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Biz mo‘g‘ulistonlik hamkasblarimiz bilan kelishuv kuchga kirganidan bir yil o‘tgach, bunday ishlarni boshlashga kelishib olgan edik”, - deya ma’lum qildi vazirlik “Izvestiya”ga.

Idoraning aniqlik kiritishicha, amaldagi hujjat 367 ta tovar pozitsiyasini qamrab oladi va Rossiya eksportining 90 foizdan ortig‘i uchun imtiyozli kirish imkonini beradi. Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Rossiya biznesining Mo‘g‘ulistonga eksport qilishda yiliga deyarli 8 milliard rublni tejashini taxmin qilmoqda.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi YeAES i Mongolii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2026
O‘zbekiston va YeOII
Mo‘g‘uliston YeOII bilan savdoda ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rmoqda
Yangiliklar lentasi
0